Tongda O‘zbekiston masjidlarida Ramazon oyi tugashi munosabati bilan hayit namozi o‘qildi. Bu yil namoz kuchaytirilgan xavfsizlik choralari ostida ado etildi. Toshkentdagi “Xoja Ahror Valiy” va “Minor” masjidlaridan suratlar.
Ro‘zadorlarga iftorlik berish savobli amallardan hisoblanadi. Shuningdek, bu eski gina-kuduratlarni unutish, xursandchilikni birga baham ko‘rish uchun yaxshi bir bahona ham. Fotosuratchi Xolida Musulmon Chuvilloq qishlog‘idagi oila iftorlikka qanday tayyorgarlik ko‘rishi va ramazonchi bolalar haqida hikoya tayyorladi.
Prezident Ramazon hayiti munosabati bilan yo‘llagan tabrigida mamlakatdagi islohotlar islom dinining mohiyati va g‘oyalari bilan uyg‘un ekanini aytdi. U vijdon erkinligini ta’minlash, milliy va diniy qadriyatlarni tiklash yo‘lidagi ishlar davom etishini ta’kidladi.
Shavkat Mirziyoyev va Rajab Toyyib Erdog‘an telefon orqali muloqotda bir-birini Ramazon hayiti bayrami bilan qutladi. Davlat rahbarlari “qardosh O‘zbekiston va Turkiya xalqlariga tinchlik-osoyishtalik, farovonlik va ravnaq” tilab, ikki davlat o‘rtasidagi strategik sheriklik masalalarini ham muhokama qildi.
Parkent tumaniga tashrif buyuruvchi fuqarolarning soni ortishi sabab 10−11−12−13-aprel kunlari Qiziltog‘-Parkent-Yangibozor yo‘lining 44- va 48-kilometr oraliqlarida avtomobillarining harakati bir tomonlama tashkil etiladi. So‘qoqqa borganlar Toshkentga boshqa yo‘l bilan qaytadi.
Toshkent shahrida 10-aprel kuni Ramazon hayiti namozi o‘qilishi munosabati bilan ayrim masjidlarga yondosh bo‘lgan ko‘chalarda avtomobillar harakati cheklanadi.
Yangilandi: 10-aprel kuni ertalab Toshkent shahri jamoat transporti bepul ishlaydi. O‘zbekistonning boshqa hududlarida esa JTni bepul qilish tavsiya etiladi.
Prezident Ramazon hayiti arafasida 426 nafar shaxsni afv etish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Ulardan 135 nafari asosiy jazodan to‘liq, 200 nafari shartli ozod etildi. Afv etilganlar orasida 11 nafar xorijlik va 3 nafar voyaga yetmagan shaxslar bor.
Musulmonlar idorasi 10-aprel, chorshanba Ramazon hayiti namozini o‘qish vaqtlarini e’lon qildi.
Musulmonlar idorasi Ramazon hayiti 10-aprel, chorshanba kuniga to‘g‘ri kelishi kutilayotganini ma’lum qildi.
Mahallalarda “bir so‘m pul” so‘rayotgan bolalar, Samarqanddagi Registon maydonida hayit namozining o‘qilishi, tandirdan uzilgan non va nisholdani bir-biriga uzatayotgan qo‘shnilar — 1992-yilda o‘zbekistonliklar muqaddas Ramazon oyini shunday kuzatishgan.
Ramazon hayiti sanasi e’lon qilinganidan so‘ng Toshkentda va shahardan chiqishda uzoq tirbandliklar yuzaga keldi, shaharlararo transport narxlari ko‘tarildi, biznesda esa kimdadir buyurtmalar bekor qilingan bo‘lsa, ba’zilarda mijozlar oqimi ko‘paydi.
O‘zbekiston prezidenti Ramazon hayiti tabrigida vijdon erkinligini qaror toptirish, diniy-ma’naviy qadriyatlarni tiklash borasidagi sa’y-harakatlar izchil davom etayotganini ta’kidladi. Joriy yilda cheklovlar olib tashlanishi tufayli 31 mingdan ortiq o‘zbekistonlik Makka va Madinaga umra ziyoratiga bordi.
Ramazon hayitida o‘zbekistonliklar 4 kun — 21−24-aprel kunlari dam oladigan bo‘ldi. 24-aprel ko‘chirilgan dam olish kuni hisoblanmaydi, ya’ni 29-aprel 5 kun ishlaydiganlar uchun dam olish kuni bo‘ladi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi 21-aprel, juma kuni Ramazon hayiti namozining hududlarda o‘qiladigan vaqtlarini e’lon qildi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi 2023-yilgi Ramazon hayiti 21-aprel, juma kuniga to‘g‘ri kelishi haqida qaror qabul qildi.
Toshkent shahrida Ramazon hayiti namozi o‘qilishi munosabati bilan maxsus avtobus yo‘nalishlari tashkil etiladi. Ular soat 04:00 dan 07:00 ga qadar fuqarolarning masjidlarga kelib-ketishi uchun harakatlanadi.
Ramazon hayiti kuni Toshkent metropoliteni o‘z faoliyatini tonggi 04:00 dan boshlaydi. Bayram munosabati belgilangan boshqa dam olish kunlari metro poyezdlari yakshanba kuni uchun tasdiqlangan jadval asosida soat 05:00 dan harakatlanadi.
Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining ma’lum qilishicha, Ramazon hayiti munosabati bilan barcha xodimlar ketma-ket 3 kun — 22−24-aprel sanalarida dam olishi mumkin.
2 may kuni ertalab O‘zbekistonda Ramazon hayiti namozi o‘qildi. «Gazeta.uz» Andijon, Buxoro, Samarqand, Toshkent va Farg‘ona viloyatlari masjidlaridan fotoreportaj tayyorladi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting